Sahifalar

🦷 Bepul jag' testi2 daqiqada uyda tekshiringBosh sahifaFarzandingiz prikusiOta-onalar savollariGuruhdan 265 ta savol-javobKeyslar va hikoyalarBemorlarimiz natijalariApparatlar va yoshQaysi yoshda nima qilinadiBolalar ortodontiToshkentda jag' va prikusMezial prikusPastki jag' oldindaDistal prikusPastki jag' orqadaOchiq prikusOld tishlar tegmaydiTor jag' va XayreksJag'ni kengaytirishBreketNecha yoshdan, kimga18 yoshdan keyinKattalarda jag' muammosiNarxlarKonsultatsiya va davolashOrtodont ChilonzorChilonzor filiali manziliOrtodont BeruniyBeruniy filiali manziliManzillarChilonzor va BeruniyKonsultatsiyaga yozilishRaqam qoldiring

+998 97 303 66 33

Breket

Breket: necha yoshdan va kimga kerak

Breket tishlarni tekislaydi, apparat esa jag'ni. Bu eng ko'p adashtiriladigan narsa. Muammo jag'da bo'lsa (jag' oldinda, orqada yoki tor), faqat breket qo'yilsa tishlar tekislanadi, lekin jag' farqi qolaveradi.

Necha yoshdan

  • 8–10 yoshBreket odatda hali emas. Agar tishlar qiyshiqligiga tor jag' sabab bo'lsa, avval jag' kengaytiriladi.
  • 11–13 yoshDoimiy tishlar chiqib bo'lgach, breket uchun eng ko'p tanlanadigan yosh.
  • KattalarBreket uchun yuqori yosh chegarasi yo'q. Jag' farqi katta bo'lsa, breket jarroh bilan birga rejalashtiriladi.

Breketdan keyin

Tishlar tekislangach, ular joyida turishi uchun reteyner qo'yiladi. Bu davolashning majburiy qismi: usiz tishlar asta-sekin qaytishi mumkin.

Tish oldirish kerakmi?

Har doim emas. Ba'zan joy yetishmasligi jag'ni kengaytirish bilan hal bo'ladi. Tish oldirish kerakmi — rentgen va o'lchovlardan keyin aniqlanadi.

Sahifa umumiy tushuncha beradi va tashxis o'rnini bosmaydi. Aniq holat va davolash rejasini doktor ko'rik va rentgendan keyin aytadi.

Savol-javob

Ota-onalar so'raydi

Breket necha yoshdan qo'yiladi?

Ko'pincha doimiy tishlar chiqqach, 11–13 yoshda. Kattalarga ham qo'yiladi.

Breket jag'ni to'g'irlaydimi?

Yo'q, breket tishlarni tekislaydi. Jag' holati o'sish davrida apparatlar bilan o'zgartiriladi.

Breket uchun qanday snimka kerak?

Odatda panoramik va yon (lateral) snimka; ba'zan 3D. Qaysi biri kerakligini yozilganingizda aytamiz.

Breket qancha turadi?

Narx breket turi va muddatga bog'liq — konsultatsiyada aniq aytiladi. Batafsil: Narxlar sahifasi.

Konsultatsiya

Doktor ko'rigiga yoziling

Ko'rik, rentgen tahlili, aniq tashxis va davolash rejasi: 200 000 so'm. Raqamingizni qoldiring, administrator o'zi qo'ng'iroq qiladi. Konsultatsiya va davolash: bolalar 7 yoshdan · faqat Toshkent shahri uchun onlayn yozilish

yoki qo'ng'iroq qiling: +998 97 303 66 33

Shu mavzuda yana