Mezial prikus — tishlaganda pastki old tishlar yuqoridagilardan oldinda turadigan holat. Ota-onalar uni "pastki jag'i oldinga chiqqan", "iyagi oldinda" deb ta'riflaydi. Bu o'z-o'zidan o'tib ketmaydi: bola o'sgan sari farq ko'pincha kattalashadi.
Pastki old tishlar yuqoridagilardan oldinda
Sabab ko'pincha jag'da
Ko'p hollarda pastki jag' "katta" emas — yuqori jag' o'sishdan orqada qolgan yoki tor bo'ladi. Shuning uchun faqat tishlarni tekislash yetmaydi: avval jag'lar nisbatini to'g'irlash kerak. Irsiyat, og'iz bilan nafas olish, sut tishlarini erta yo'qotish ham ta'sir qiladi.
Normal profilPastki jag' oldinda
Belgilari
Tishlaganda pastki old tishlar tashqarida turadi.
Yon tomondan qaraganda iyak oldinga chiqqan, yuzning o'rta qismi "botiq" ko'rinadi.
Ba'zi tovushlarni aytish qiyin, tishlash noqulay.
Qanday davolanadi
6–11 yoshXayreks yuqori jag'ni kengaytiradi, yuz niqobi uni oldinga tortadi. Birinchi natija ko'pincha 2–3 oyda ko'rinadi.
12–14 yoshHali apparat bilan ishlasa bo'ladi, lekin imkoniyat qisqarmoqda.
15–17 yoshImkoniyat kamayadi. Nima qilish mumkinligi faqat rentgenda aniqlanadi.
18 yoshdan keyinJag' farqi katta bo'lsa — breket va operatsiya, taxminan 2–3 yil.
Sahifa umumiy tushuncha beradi va tashxis o'rnini bosmaydi. Aniq holat va davolash rejasini doktor ko'rik va rentgendan keyin aytadi.
Kech qolinsa — narxi
Toshkentda jag' operatsiyasi qancha turadi?
Pastki jag' osteotomiyasi10,5 mln so'mdan
Yuqori jag' osteotomiyasi12,5 mln so'mdan
Ikkala jag' birga (ba'zan kerak bo'ladi)23 mln so'mdan
Kasalxona, narkoz, tahlillaralohida
Operatsiyadan oldin va keyin breket (1,5–2 yil)har jag'ga 3–8 mln so'm
Jami: taxminan 17 mln so'mdan, ikkala jag' operatsiya qilinsa — 30 mln so'mdan ortiq va 2–3 yil davolanish.
O'sish davrida esa ko'p holatda bir necha oylik apparat yetadi. Aniq narx va reja konsultatsiyada yozma beriladi.
Manba: clinics.uz (Toshkentdagi «...dan» narxlar), kun.uz (breket narxlari, 2026-yil noyabr). Narx klinika va holatga qarab farq qiladi.
Bepul · 2 daqiqa
Farzandingizda ham shundaymi?
7 ta oddiy savol, rasmlarga qarab tanlaysiz. Jag' o'sishi bilan bog'liq belgilar bormi va farzandingiz yoshida nima qilish mumkin — natija darhol chiqadi.
Yo'q. Bola o'sgan sari jag' ham o'sadi va farq ko'pincha kattalashadi.
Necha yoshdan davolash mumkin?
Konsultatsiya va davolash 7 yoshdan boshlanadi. Eng qulay davr — 7–9 yosh. 7 yoshgacha bo'lsa, holatni kuzatib boring va savolingizni guruhda doktorga yozing.
Faqat breket yetmaydimi?
Sabab jag'da bo'lsa, breket tishlarni tekislaydi, lekin jag' farqini o'zgartirmaydi. Shuning uchun o'sish davrida avval apparat qo'yiladi.
16 yoshda kech emasmi?
Imkoniyat kamaygan, lekin yo'qolmagan bo'lishi mumkin. Aniq javob rentgen va ko'rikdan keyin.
Davolash og'riqlimi?
Apparat qo'yilgandan keyin dastlabki 3–5 kun bosim va noqulaylik bo'lishi mumkin, keyin bola ko'nikadi.
Konsultatsiya
Doktor ko'rigiga yoziling
Ko'rik, rentgen tahlili, aniq tashxis va davolash rejasi: 200 000 so'm. Raqamingizni qoldiring, administrator o'zi qo'ng'iroq qiladi. Konsultatsiya va davolash: bolalar 7 yoshdan · faqat Toshkent shahri uchun onlayn yozilish