Old tishlar bir-biriga tegmaydi: ochiq prikus
Ochiq prikus — orqa tishlar tishlashganda old tishlar orasida ochiq joy qoladi. Bola ovqatni old tishlari bilan uzib ololmaydi, ba'zi tovushlarni noto'g'ri aytadi.

Sabab ko'pincha odatda
- Barmoq yoki so'rg'ich so'rish uzoq davom etgan.
- Yutganda yoki gapirganda til tishlar orasiga kiradi.
- Og'iz bilan nafas olish (adenoid, burun bitishi).
- Ba'zan jag' o'sishining xususiyati.
Sabab qolaversa, tishlarni to'g'irlasak ham ochiqlik qaytib kelishi mumkin. Shuning uchun birinchi ish — sababni topish va to'xtatish.
Davolash
- Sababni aniqlashOdatlar, nafas va til holati tekshiriladi.
- Odatni to'xtatishKerak bo'lsa maxsus moslama yoki mashqlar.
- ApparatBolalarda jag' o'sishini yo'naltirish.
- BreketDoimiy tishlar chiqqach, kerak bo'lsa.
Sahifa umumiy tushuncha beradi va tashxis o'rnini bosmaydi. Aniq holat va davolash rejasini doktor ko'rik va rentgendan keyin aytadi.